
Odil Ahmedov Serxio Ramosga qarshi o‘ynashi mumkin
“Real” sardori Serxio Ramos Xitoy chempionatidan o‘ta manfaatli taklif oldi. Hozircha, bu jamoa nomi sir tutilmoqda.
Serxio Ramos madridliklar bilan bir yildan so‘ng yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayapti. Hozir yiliga 12 million evro atrofida maosh olayotgan himoyachi yangi bitimda bu summa kamida 17 million evro bo‘lishini talab qilmoqda. “Real” rahbariyati esa aksincha, unga qisqa muddatli shartnoma va yiliga 10 million evroga etmagan maosh bermoqchi.
Xitoyliklar 34 yoshli Ramos uchun uzoq muddatli shartnoma taklif qilib, 20 million evro atrofida maosh to‘lashni va’da qilmoqda. Hozircha, bu klub nomi sir tutilmoqda. Ramosning futbol olamida barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgani va yoshini inobatga olib, moliyaviy sharoitini mustahkamlash uchun taklifni qabul qilishini kutmoqda.
Fikrlar