Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi

  • 1 avgust, 2020, 13:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va “Shaxay SIPG” yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Ufa”da o‘ynagan Oston O‘runovning “Spartak” jamoasiga o‘tayotgani bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Tecno

ods4s6bSVSBm2p00Qo90WMarj9qe54za-xl

"Men Oston O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi haqida ko‘p bora eshitdim va umid qilamanki, hammasi shunday bo‘lib chiqadi. O‘runovda jangovarlik sifati bor, haqiqiy professional va shuning uchun ham “Spartak”da o‘ynab ketishiga ishonaman.

Men Ostonni yaxshi bilaman. Bir marta O‘runov “Ufa”ni uyaltirib qo‘ymasligi haqida Vadim Evseevga ham xabar yozgandim, garchi ilgari u bilan hech qachon muloqot qilmagan bo‘lsam ham. Oxir-oqibat shunaqa bo‘lib chiqdi. Oston O‘runov “Spartak”dagi o‘yini orqali o‘zbek futboli imijini ko‘tara olishiga aminman. Endi O‘zbekistonda ko‘pchilik “Spartak” jamoasiga muxlislik qila boshlaydi.

Menda Tedeskoning telefon raqami yo‘q, uni tanimayman, agar bilganimda unga ham xabar yuborgan bo‘lardim", - deydi Odil Ahmedov.

Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan “Ufa”ga 200 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. “Spartak” ufaliklar tarkibida ishonchli o‘yinlari bilan qator klublar e’tiborini jalb qilgan futbolchimiz transferi uchun 2 million evro to‘lashga rozi bo‘lgan. Ostonning Moskvadagi maoshi yiliga 600 ming evroni tashkil qilishi aytilmoqda.

O‘z navbatida, Oston O‘runovning Odil Ahmedov bilan munosabati yaxshi. 19 yoshli futbolchi terma jamoa safida Odil Ahmedovdan maslahat olgani va terma jamoa sardorining gaplari uning o‘yin uslubiga ta’sir qilganini tan olgan edi. O‘shanda Odil yosh futbolchiga raqiblarni aldab o‘tishga kirishib ketmasdan, bitta o‘yinchini ortda qoldirgandan keyin to‘pni jamoadoshlariga etkazib berishni tayinlagan. Oston hamon shu maslahatga amal qilishini e’tirof etgandi.

43e4986b0584841acec6a6e973e8b9735ef4c4d05ff39979766327_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!