
"Octagon" liga taniqli MMA jangchimizni diskvalifikatsiya qildi
Aralash yakkakurashlar bo‘yicha janglarni tashkil etuvchi - "Octagon" promousheni hamyurtimiz Odilxon Kamolov va qozog‘istonlik Erkebulan Toktarni liganing nazoratidan tashqari, ko‘chada be’zorilik qilgani uchun diskvalifikatsiya qildi.
"Rahbariyat Erkebulan To‘qtar va Odilxon Kamolovning harakatlarini keskin qoralaydi. Liga har doim Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar jangchilariga xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini yaratib kelgan. Yuqoridagi harakatlar professionallikka soya soladi va qadriyatlarga mos kelmaydi. Jamoat tartibini va shartnoma shartlarini buzgani uchun Erkebulan Toktar va Odilxon Kamolov 6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilinadi. Musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirish 2025 yil 23 martdan kuchga kiradi. Liga rahbariyati kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi" - deyiladi Qozog‘iston promousheni bergan bayonotda.
Fikrlar