
OChL. Ikki mag‘lubiyatdan so‘ng "Paxtakor" yirik g‘alabani tantana qildi
OChL 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Ahal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Sherlar" safida Aziz Turg‘unboev dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Hojimat Erkinov ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Maksim Shatskix shogirdlari joriy mavsum OChLdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar