
OChL. Bugun yarim final. Masharipov tarixiy natija ostonasida
Bugun Osiyo chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan ilk uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" jamoasi o‘z maydonida "Al-Hilol"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" chorak finalda "Al-Vahda"ni, "Al-Hilol" esa "Persepolis"ni mag‘lub etgandi. Masharipov o‘tgan chrashuvda ikkita gol urib, bir golga assistentlik qilgandi. Bugun hamyurtimizdan gollar kutib qolamiz!
Agar riyodliklar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Jaloliddin OChL finaliga yo‘l olgan birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ladi.
Fikrlar