OChL-2023. "Navbahor" va OKMK pley-off o‘yinlarini qachon o‘tkazishlari ma’lum bo‘ldi

  • 21 iyun, 2023, 13:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Chempionlar ligasi saralash bosqichi o‘yinlari taqvimini e’lon qildi. Endi faqatgina ishtirokchi klublar o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionlarni aniqlab, uchrashuv vaqtlarini belgilash qoldi xolos.

Tecno

O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegram kanalida ma’lum qilishicha, saralashda qatnashuvchi mamlakatimizning ikki klubi  - OKMK hamda “Navbahor” katta ehtimol bilan pley-off o‘yinlarini 22 avgust kuni Qatarda taxminan bir vaqtda o‘tkazadi. Ammo jamoalar turli stadionlarda o‘yin o‘tkazishadi. OKMK ishtirokidagi o‘yin “At-Tumam”da, “Navbahor” ishtirokidagi bahs esa “Al-Janub” stadionida bo‘lib o‘tadi. Demak, Qatarda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar qaysi o‘yinga borishni tanlashlari kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, stadionlar o‘rtasidagi masofa bor-yo‘g‘i 10 kilometrni tashkil qilaji, shuning uchun xohlovchilr har bir uchrashuvni bittadan bo‘limini tomosha qilish mumkin.

88_2

Eslatib o‘tamiz, OKMK saralashni ertaroq boshlaydi. Olmaliqliklar Qatar jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etish uchun dastlab 15 avgust kuni Toshkentda Ummonning “Al-Sib” klubini mag‘lubiyatga uchratishlari lozim. “Navbahor”ni esa Qatarda “Al-Vakra” jamoasiga qarshi bahs kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!