
"Ochig‘i, “Paxtakor”dek jamoadan taklif tushganidan hayron qoldim"
O‘tgan mavsum "Mash’al" sharafini himoya qilgan Sherzod Temirov faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi. Yarim himoyachi "sherlar" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
U Muborakni tark etar ekan, muxlislar va klubga xayrlashuv maktubini yozib qoldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Paxtakor”ga gol urgan futbolchi aynan Shota Arveladze jamoasiga o‘tmoqda
- Avvalom bor, meni yaqindan qo‘llab-quvvatlagan murabbiylarga, klub ishchi xodimlariga va muxlislarga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Meni “Mash’al” jamoasi taklif qilgan Ilhom Qurbonovga kattadan katta rahmatlar aytaman. «Mash’al» nafaqat menga, balki butun o‘zbek futboli rivojiga juda katta hissa qo‘shmoqda.
Ochig‘i, “Paxtakor”dek jamoadan taklif tushganidan hayron qoldim. Bu jamoada O‘zbekistonning eng kuchli futbolchilari to‘p tepadi va ular faqat chempion bo‘lish uchun harakat qilishadi. “Paxtakor”da futbol o‘ynash esa har bir futbolchining orzusi, deb o‘ylayman. Men “Paxtakor”ga qo‘limdan kelguncha yordam berib jamoaning etakchi futbolchilaridan bo‘lishga harakat qilaman. Aslida esa meni bu darajaga etishimga “Mash’al” klubi alohida o‘rin tutadi. «Mash’al» abadiy yuragimda qoladi va men jamoadan umirbod qarzdorman, - dedi Sherzod Temirov.
Fikrlar