Obameyangni qolishga ko‘ndirgan “Arsenal” ikkinchi to‘purardan voz kechdi

  • 9 avgust, 2020, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

London klubi asosiy to‘purari Per-Emerik Obameyangni jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirganidan keyin frantsiyalik hujumchi Aleksandr Lyakazettni “Atletiko”ga qo‘yib yuborishga ko‘ndi.

29 yoshli futbolchining transferi uchun madridliklar “Arsenal”ga 30 million funt o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi. Bu hujumchiga “Yuventus”dan ham qiziqish bo‘lmoqda.

Yakunlangan mavsumda Lyakazett 39 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi va ettita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!