Obameyang "Arsenal"ning ashaddiy raqibi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 24 aprel, 2020, 21:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang yangi mavsumni Londonning boshqa bir grandi safida boshlashi mumkin.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli gabonlik futbolchini "Chelsi" o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin. “Aristokratlar” “Lion” forvardi Mussa Dembele va “RB Leyptsig” forvardi Timo Verner bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, e’tiborni aynan Obameyang nomzodiga qaratishgan. Lekin, bu borada ularga "Inter", "Manchester Yunayted", "Real" va "Barselona" klublari raqobat ko‘rsatishi mumkin.

O‘z navbatida "Arsenal" Obameyangning transferidan kamida 55 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!