Obameyang 5 ta grand klub o‘rtasida talash bo‘lmoqda

  • 26 aprel, 2020, 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Le10Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli gabonlik futbolchi uchun kurashda aynan “neradzurrilar” favorit sifatida tilga olinishmoqda. Biroq, "Inter" o‘zining argentinalik forvardi Lautaro Martines jamoadn ketgan taqdirdagina Obameyangni sotib olishi mumkin.  Martinesga "Barselona", "Real", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor.

Obameyang esa shu yoz "Arsenal"dan ketmoqchi. Unda "Barselona", "Real", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublaridan takliflar bor.

Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol urishga erishdi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!