
"Nyukasl" yana bir yulduz futbolchi bilan kelishuvga erishdi
"Chelsi" futbolchisi Kristian Pulishich ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi, shu bois, u qishki transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkin. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli amerikalik yarim himoyachi "Nyukasl" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. "Qora-oqlar" bu transfer uchun "Chelsi"ga 40 million evro to‘lashga tayyor.
2022/2023-yilgi mavsumda Kristian Pulishich “Chelsi”ning 11ta o‘yinida qatnashgan. Mazkur o‘yinlar davomida amerikalik maydonda atigi 284 daqiqa harakat qildi (har bir uchrashuvda o‘rtacha 26 daqiqa). Shu sababli, futbolchi o‘zini boshqa jamoalarda ham sinab ko‘rishni maqsad qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Nyukasl" ayni damda APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar