"Nyukasl" Tonali vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi: "Futbolchining oilasi har tomonlama yordam olishda davom etadi..."

  • 18 oktabr, 2023, 19:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi jamoa a’zosi Sandro Tonalining pul tikish bo‘yicha ayblanayotgani borasida jamoa rasmiy saytida bayonot bilan chiqdi. 

Tecno

"Nyukasl" jamoasi Sandro Tonalining noqonuniy pul tikish faoliyati bilan bog‘liq masala bo‘yicha Italiya prokuraturasi va Italiya futbol federatsiyasi tomonidan tergovda qatnashayotganini tasdiqlaydi. 

Bu holatda futbolchimizning o‘zi va oilasi har tomonlama yordam olishda davom etadi. Jarayon davom etayotgani sabab Sandro va "Nyukasl" klubi hozircha qo‘shimcha izoh bera olmaydi!", - deyiladi bayonotda. 

Italiyalik Tonali 1 yilga futboldan chetlatilishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!