
"Nyukasl" Sheshko uchun qancha summa taklif qilishni rejalashtirmoqda?
"Nyukasl" "RB Leyptsig" hujumchisi Benyamin Sheshkogo jiddiy tarzda kuzatmoqda. Bu haqda "Sky Germany" xabar tarqatdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, angliyaliklar 22 yoshli sloveniyalik forvardni jamoaga olib kelishni juda istamoqda va uning transferi uchun taxminan 80 million evro sarflashga tayyor.
Ayni paytda Transfermarkt Sheshkoning bozor qiymatini 70 million evro deb baholagan.
2023/24 yilgi mavsumdan buyon Sheshko "Leyptsig" safida to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsumda jami 45 o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 6 bor assist muallifi bo‘ldi. Futbolchiga "Nyukasl"dan tashqari, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqmoqda.
Fikrlar