“Nyukasl” MYu o‘yinchilarini ommaviy tarzda olmoqchi

  • 11 oktabr, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoniga tegishli dunyodagi eng badavlat fond qaramog‘iga o‘tgan “Nyukasl” tez orada grand klubga aylanadi. Saudiyaliklar bu klubni qo‘lga kiritish uchun 360 million evro xarajat qildi.

Tecno

Endi yangi rahbariyati bosh murabbiydan tortib, tarkibni butunlay yangilashga harakat qilmoqda. “Qarg‘alar” qishki transfer vaqtida “Manchester Yunayted”ning to‘rt futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Nyukasl” vakillari tez orada Donni van de Bek, Antoni Marsyal, Erik Bayi va Jessi Lingard transferi bo‘yicha manchesterliklar bilan muzokara boshlashga tayyorlanmoqda. Ular bu futbolchilarning barini sotib olmoqchi.

“Nyukasl” o‘z tarixida to‘rt marotaba Angliya chempionligi qo‘lga kiritgan. Angliya premer-ligasi tuzilganidan keyin ushbu jamoa 1996 va 1997 yillarda vitse-chempion nomiga sazovor bo‘lgan. Ayni paytda esa, “qarg‘alar” uch ochko bilan yigirmata jamoa orasida 19-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!