
“Nyukasl” "ishkal" hujumchini Angliyaga qaytaradi
Taniqli junalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “Nyukasl Yunayted” rahbariyati 31 yoshli Mario Balotelli bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
O‘zining tartibsiz hayot tarzi, turli janjallarga aralashib yubrishi bilan o‘z iste’dodini yo‘qotgan hujumchi ilgari “Manchester Siti” va “Liverpul” kabi premer-liganing etakchi klublari sharafini himoya qilgan.
Biroq, keyinchalik turli mojarolar tufayli uning ishi ortga ketdi va ayni paytda Turkiya chempionatida “Adana Demirspor” jamoasida vaqt o‘tkazyapti.
Italiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi joriy mavsumda 18 ta o‘yinda 7 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar