Nusratbek Tohirov - "Thailand Open" chempioni!

  • 1 iyun, 12:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni paytda "Thailand Open" turnirining hal qiluvchi janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-85 kg da hamyurtimiz Nusratbek Tohirov va mezbon bokschi Jakkapong Yomxot chempionlik uchun o‘zaro kurash olib bordi.

Vakilimizning katta ustunligida kechgan bahs hisobda ham o‘z aksini topdi va yakunda charm qo‘lqop ustamiz hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Sabina Boboqulova hamda xitoylik Vu Yu qarama-qarshiligi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!