Nursulton Ro‘ziboev: Yutgan paytim juda ko‘pchilik meni qo‘llab-quvvatlagan edi, ammo yutqazganimdan keyin...

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, kecha tongda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sent-Luis shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida yarim o‘rta vazn toifasida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev mezbonlar vakili Hoakin Bakliga qarshi oktogonga ko‘tarildi. To‘liq uch raund davom etgan jangda hamyurtimiz, afsuski ochkolar hisobiga imkoniyatlarni boy berib qo‘ydi.

Tecno

Bugun Nursulton Ro‘ziboev o‘zining ijimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislarga murojjat qildi.

"Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Ijtimoiy tarmoqlar orqali menga bildirilayotgan barcha fikrlarni kuzatib boryapman. Menda hammasi joyida. Qo‘l va oyog‘imda ozroq jarohat bo‘ldi. Tez orada yana mashg‘ulotlarga qaytaman. 

Yutgan paytim juda ko‘pchilik meni qo‘llab-quvvatlagan edi, ammo yutqazganimdan keyin undanda ko‘p odam meni qo‘llab-quvvatlamoqda. Mag‘lubiyatimga hech qanday bahona izlamayman. Yutuq bor joyda mag‘lubiyat ham bo‘ladi. Shunchaki ozroq omad etishmadi. Nasib bo‘lsa yana qaytamiz. Hammaga omad!", - dedi Nursulton Ro‘ziboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
13/05/2024 14:13
Хафа булма хардоим мухлисларинг син билан факат олга