Nurali La Liga klubiga o‘tadi

  • 1 aprel, 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Astana” jamoasi o‘z futbolchisi Nurali Jaksilikni Ispaniya chempionatiga yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Insayder Kazbek Taylanovning ma’lum qilishicha, “Las-Palmas” jamoasi hujumkor futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli futbolchi “Tobol” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023 yilning boshida “Astana” a’zosiga aylangan.

Nurali har ikki qanotda va hujum markazida o‘ynay oladi. Klublar miqyosida hozirgacha 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va ikkita assist rasmiylaytirgan.

Agar bu transfer rasmiylashtirilib, Nurali Jaksilik La Liga doirasida maydonga tushsa, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Ispaniya chempionati yuqori divizionida o‘ynagan birinchi  birinchi futbolchiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar oyida Ispaniya La Ligasi vakili “Leganes” o‘zbekistonlik Laziz Mirzaevni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. 18 yoshli futbolchi ushbu klubning U-19 jamoasi a’zosi hisoblanadi va hali asosiy tarkibga jalb qilingani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Holdorov Behzod
01/04/2025 11:06
Yaxshi xabar