
Nur-Sulton shahri Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
4 iyuldan 7 iyulga qadar Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida sport kurashlari (yunon-rum kurashi, erkin va ayollar kurashi ) bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu borada milliy terma jamoamiz ushbu musobaqada hamma vazn toifasida sport kurashlarining barcha turlari bo‘yicha to‘liq ishtirok etadi. Mazkur musobaqada dunyoning 19 mamlakatidan kelgan sportchilar ishtirok etadilar. Xususan, Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Shimoliy Koreya, Suriya, Xitoy Taipeyi, Tojikiston, Tailand va Turkmanistondan jangchilar gilamga chiqishadi.
Fikrlar