Nunes Madrid klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

  • 30 may, 14:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Darvin Nunes joriy yozda “Atletiko Madrid"ga o‘tishga og‘zaki ravishda rozi bo‘ldi. Bu haqda "Topskills Sports UK" manbasi xabar tarqatdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, urugvaylik forvard faqat “Atletiko”ga o‘tishni xohlamoqda, garchi unga “Manchester Yunayted” va “Napoli” kabi klublar ham jiddiy qiziqish bildirgan bo‘lsa-da.

Ayni paytda “matraschilar” va “Liverpul” rahbariyati o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. “Qizillar” Nunesni sotish orqali 77–95 million evro atrofida daromad ko‘rishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Darvin joriy mavsumda barcha musobaqalarda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!