Nukus shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha ilk Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

  • 13 sentabr, 2021, 12:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

9-10 oktyabr kunlari Nukus shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ma’lumki, 2020 yil 9 fevralda O‘rta Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (CAMMAC) ga asos solingan va unga Otabek Umarov rahbar etib tayinlangandi.
Ushbu birinchi bor start oladigan qit’a chempionati aynan Otabek Umarov boshchiligidagi CAMMAC tomonidan tashkil qilinmoqda. Tabiiyki, turnirda mazkur tashkilotga a’zo bo‘lgan, 5 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi.

Tecno

Ya’ni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va ozarbayjonlik aralash jang san’atlari ustalari g‘oliblik uchun bahs yuritadi.
Shuningdek, 11 oktyabr kuni musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlar va sportchilar uchun Mo‘ynoqda o‘ziga xos shou dasturlari ham o‘tkaziladi.

Bir so‘z bilan aytganda biz qiziqarli va shiddatli o‘tishi kutilayotgan janglarning guvohiga aylanamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!