
Novak Jokovich finalga yo‘l oldi
BAAning Dubay shahrida davom etayotgan ATP turnirida serbiyalik tennischi Novak Jokovich so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga chiqdi.
Turnirning yarim final bosqichida Novak frantsiyalik Gael Monfisga qarshi o‘yin o‘tkazib, 2:6, 7:6, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi o‘yinida Jokovich, endi gretsiyalik Stefanos Tsitsipas bilan kuch sinashadi.
Fikrlar