
Norvegiyalik biatlonchilar 6 yil deganda JChni birinchi o‘rinda yakunlashdi
Kecha Shvetsiyaning Estersund shahrida ushbu yilgi biatlon bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakunida medallar jamg‘arish bo‘yicha Norvegiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Skandinaviyaliklar poygalar davomida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Shubhasiz, bu natijalar zamirida Yoxannes Byoning xizmatlari katta. Ushbu dunyo birinchiligidan "mini Byo" 4 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan uyiga qaytmoqda.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin Germaniya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, italiyalik biatlonchilar kuchli uchlikni yakunlab berishgan.
Fikrlar