
No‘’mon Hasanov Tojikistonda oy laureatiga aylandi
Yaqindagina Tojikistonning “Istaravshan” klubi bosh murabbiy sifatida ish boshlagan hamyurtimiz No‘’mon Hasanovning qo‘shni chempionatdagi ishlari juda yaxshi ketyapti.
Sports.uz sayti orqali uning jamoasi ketma-ket ikkita uchrashuvda muhim g‘alabani qo‘lga kiritgani xususida xabar bergandik. Buni qarangki, “Istaravshan” jamoasida ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan Hasanov Tojikiston chempionatida iyun oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi. Bu haqida Tojikiston futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborlisi, No‘’mon Hasanov “Istaravshan”ga kelguniga qadar klub ketma-ket oltita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. O‘zbek murabbiyi ish boshlagach, vaziyat keskin o‘zgardi va birin-ketin ikkita uchrashuvda muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritib, olti ochkoga ega bo‘ldi. Oy laureatiga aylangan Hasanovga shuningdek, 3000 somoni (300 AQSh dollari) rag‘bat sifatida topshirildi. Hamyurtimizga Tojikiston chempionatidagi faoliyatida omad tilab qolamiz.
Fikrlar