Nodirbek Abdusattorov yangi musobaqani shiddat bilan boshladi!

  • 8 aprel, 11:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Nodirbek Abdusattorov "2025 Freestyle Chess Grand Slam Paris" turnirida shiddat bilan oldinga bormoqda! 
 
Parij shahrida o‘tkazilayotgan jahonning eng nufuzli “Chess 960” yo‘nalishidagi xalqaro musobaqada yurtdoshimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov munosib ishtirok etmoqda. Turnirda 8 davlatdan 12 nafar dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi – 750 ming AQSh dollari. 
 
Ortda qolgan 6 turda Nodirbek quyidagi natijalarni qayd etdi: 
 
1-tur: Kaymer Vinsent (GER, 2718) – G‘alaba 
2-tur: Karuana Fabiano (USA, 2776) – G‘alaba 
3-tur: Rixard Rapport (HUN, 2722) – G‘alaba 
4-tur: Yan Nepomnyashiy (RUS, 2757) – Durang 
5-tur: Maksim Vashe-Lagrav (FRA, 2722) – Durang 
6-tur: Santosh Vidit (IND, 2720) – G‘alaba 
 
Hozircha natijalar: 
 
Magnus Karlsen – 5 ochko 
Nodirbek Abdusattorov – 5 ochko 
Maksim Vashe-Lagrav – 4.5 ochko

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!