Nodirbek Abdusattorov: "Bolalikdan beri dunyoda birinchi raqamli shaxmatchi bo‘lishni orzu qilaman"

  • 12 aprel, 13:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Frantsiyaning Parij shahrida "Freestyle Chess Grand Slam" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Vakilimiz o‘zi haqidagi qiziqarli 10 ta savolga javob berdi. 

Tecno

O‘zingizni shaxmatchi sifatida qanday ta’riflaysiz?

Men o‘zimni agressiv o‘yin uslubiga ega o‘yinchi deb bilaman. Har bir partiyada oxirigacha kurashish va bosim ostida ham to‘g‘ri qaror qabul qilish — mening asosiy kuchli tomonlarim.

Sevimli debyutingiz qaysi?

Mening eng sevimli debyutim Ruy Lopez (Ispancha partiya deb ham ataladi). 

Nima uchun aynan shu debyutni yoqtirasiz?

U juda ko‘p qirrali, tarixiy merosga ega va zamonaviy shaxmat strategiyasida ham muhim o‘rin tutadi. Ko‘plab buyuk chempionlar shu debyutga tayanishgan.

O‘z o‘yinlaringizni yana qaysi tomondan kuchaytirishni xohlaysiz?

O‘yinning yakuniy qismi — endshpilni rivojlantirish. Magnus Karlsen kabi chuqur texnikaga ega bo‘lishni istayman.

Sizni ilhomlantirgan shaxmatchi kim?

Meni eng ko‘p ilhomlantirgan shaxmatchi — Garri Kasparov. Unga havas qilaman va uning o‘yin uslubidan o‘rnak olishga harakat qilaman.

Eng kuchli raqibingiz kim bo‘lgan?

Albatta, Magnus Karlsen. U barcha davrlarning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, hali ham yuqori saviyada o‘ynamoqda.

Onlayn yoki oflayn shaxmat, siz qaysi birini afzal ko‘rasiz?

Men oflayn shaxmatni afzal ko‘raman, chunki onlayn sharoitda raqibning yuz ifodalari, hissiyotlari ko‘rinmaydi. Jonli bahsda esa raqibning reaktsiyalaridan ham foydalanish mumkin.

Hozirgacha erishgan eng katta yutug‘ingiz qaysi?

2021 yilda jahon rapid chempionligiga erishishim va ilk bor oltin medal olishim — hozirgacha mening eng katta yutug‘im.

Kelajakdagi eng katta maqsadingiz nima?

Bolalikdan beri dunyoda birinchi raqamli shaxmatchi bo‘lishni orzu qilaman. Bu har qanday top o‘yinchining eng oliy maqsadi.

Bu maqsadga erishish qiyin bo‘lmaydimi?

Albatta, oson emas. Oldinda juda katta mehnat va sinovlar kutib turibdi. Lekin men bunga tayyorman va oldinga intilishdan to‘xtamayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!