
Niko Uilyamsning "Real"ga o‘tishi haqiqatmi? To‘liq javob topildi!
"Atletik Bilbao" jamoasining vingeri Niko Uilyams Madridning "Real" klubiga o‘tmaydi. Bu haqda jurnalist Xoakin Maroto xabar berdi.
Marotoning so‘zlariga ko‘ra, u "Marca" nashridagi hamkasblarini hurmat qiladi, ammo ular tarqatgan ma’lumot – ya’ni "Real"ning Uilyamsga qiziqish bildirgani haqidagi xabar to‘g‘ri emas.
Manbani so‘zlariga qaraganda, hozirda madridliklar Uilyamsni sotib olish rejasini ko‘rib chiqmayapti.
Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik futbolchi 44 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning transfer bahosi 70 million evroga teng.
Fikrlar