
Nihoyat, Xoland jamoa tanladi!
Evropaning deyarli barcha grandlari kutayotgan “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland qaysi jamoaga o‘tishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Xolandning o‘zi “Real”da to‘p tepishni istamoqda. Futbolchining otasi “Qirollik klubi” ijrochi direktori Xose Anxel Sanches bilan suhbatda buni alohida ta’kidlagan.
Ma’lumki, taniqli agent Mino Rayola Xolandning otasi bilan birga Ispaniyaga kelib, “Barselona” prezidenti Joan Laporta va “Real” rahbari Florentino Peres bilan transfer masalalarini muhokama qilgan va keyin ular Angliyaga yo‘l olgandi.
Dortmundliklarning futbolchi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Biroq, kelishuvda norvegiyalik hujumchini 2022 yilning yozida 75 million evroga sotib olish mumkinligi haqida band bor. “Borussiya” daromad ko‘rish maqsadida Xolandni shu yozda sotib yubormoqchi. Ayni paytda Bundesliga vakili 20 yoshli hujumchi uchun 180 million evro talab qilmoqda. Summani to‘lashga tayyor klublar ham bor.
Fikrlar