Nihoyat, Ronalduni olishga tayyor superklub topildi

  • 17 avgust, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” yozgi transferlar yakunlangunicha Krishtianu Ronalduni sotib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Hujumchining agenti Jorje Mendesh mijoziga yangi jamoa topish maqsadida “Manchester Siti”ga murojaat qilgandi.

Tecno

Biroq, “Real” portugaliyalik to‘purarni ortga qaytarishi kutilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub xo‘jayinlardan Ronalduni olib kelishni so‘ramoqda. Anchelotti Ronalduning manfaatlarini himoya qilayotgan mutasaddilar bilan transfer masalasida gaplashgani haqida ham xabarlar chiqyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduni qaytarish fikrini Anchelottidan tashqari “Real”ning aksariyat futbolchilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘z navbatida, klub prezidenti Florentino Peres eng asosiy transfer nishoni sifatida Kilian Mbappeni qayd etgan. Agar madridliklar tez kunlarda PSJni hujumchini sotishga ko‘ndira olmasa, Krishtianu Ronaldu variantiga qaytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!