
Nihoyat, OKMK birinchi transferni amalga oshirdi! (Foto)
OKMK ham transferlarni boshladi. Olmaliqliklar tarkibga qo‘shib olingan ilk futbolchi nomini e’lon qilishdi.
«Mash’al» futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Javohir Ilyosov 1994 yil 6 fevral sanasida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tavallud topgan. Faoliyati davomida Muborakning «Mash’al», Bekobodning «Metallurg», Toshkentning «Lokomotiv» va Navoiyning «Qizilqum» jamolari sharafini himoya qilgan mahoratli darvozabon yangi mavsumdan e’tiboran OKMK safida harakat qiladi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
Fikrlar