
Niderlandiya JChda Adidasning uch chiziqli epikirovkasida to‘p surgan, ammo Kroyfni libosida chiziqlar soni ikkita edi! Buning sababi nima?
1974 yilgi jahon chempionatida GFR (Germaniya Federativ Respublikasi) g‘alaba qozonadi. Tarkibida Bekkenbauer, Myuller, Braytner singari yulduzlari bor jamoa mundialni yuqori tempda o‘tkazgan. Shunga qaramay, JChning eng yorqin jamoasi sifatida barcha Niderlandiyani tan oladi!
Afsonaviy mutaxassis Rinus Mixels g‘arbiy Germaniyaga olib kelgan tarkibda Krola, Neskens va Rensinberg singari universal futbolchilar barchani lol qoldiradi. Ayniqsa, Yoxann Kroyfning o‘yinlari hali-hamon zamonaviy video roliklarni bezab berishda davom etmoqda. Afsonaviy “uchar golland” o‘sha davrdayoq eng ko‘p muhokama qiladigan, doim e’tibor markazda bo‘lishga odatlangan yulduz bo‘lib shakllanib bo‘lgan edi. Bejizga 1974 yilgi mundial haqida so‘z ochilmadi. Bugun Yoxann Kroyfni tushib qolgan juda murakkab vaziyat, "Adidas" – "Puma" qarama-qarshiligini o‘z ichiga olgan qiziq bir voqeani yodga olamiz!
Mundial oldidan "Adidas" va Niderlandiya futbol federatsiyasi yangi epikirovka masalasida shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra, “uchar gollandlar” libosida "Adidas"ning odatiy 3 ta chiziqdan iborat “fishkasi” paydo bo‘ladi. Bu shartnoma imzolanishidan avval federatsiya rasmiylari terma jamoa futbolchilariga bu haqida xabar bermagan edi. Bu xabarni eshitgan Kroyfning jahli chiqib ketadi. Sababi, “uchar golland”ni "Adidas" kompaniyasining ashaddiy raqobatchisi "Puma" bilan shaxsiy kelishuvi bor edi. Unga ko‘ra, futbolchi “Puma King” butsalaridan foydalanishi va boshqa sport brendining libosida ko‘rinish bermasligi shart sifatida ko‘rsatilgan.
Bu voqea haqida futbolchi o‘z avtobiografiyasida quyidagicha xotirlaydi: “Ular futbolchilarga bu gapni aytish shart emas, deb hisoblagan. Sababi, liboslar uchun ular pul to‘lagan. Afsuski, bu ishdan eng ko‘p men jabr chekdim!”
Vaziyat keskinlashganiga qaramay, Yoxann Kroyf hammasini o‘z foydasi tomon burib yubordi. Federatsiya rahbarlari u qilgan hiyla oldida lom-lim deya olmay qoldi. Kroyf shunchaki "Adidas"ning rasmiy belgisi sanalgan 3 ta chiziqdan bittasini olib tashladi. Shu tariqa, Kroyf “Puma” bilan hamkorlikni saqlab qoldi. "Adidas"ni esa xafa qilgani yo‘q. Bu voqea "Puma" va "Adidas" o‘rtasidagi o‘ziga hos raqobatni yanada mashhurroq bo‘lishiga hissa qo‘shdi.
Darhaqiqat, Yoxann Rudolf Dasler tomonidan asos solingan kompaniya mahsulotlarini yaxshi ko‘rgan. Qahramonimiz karerasining katta qismini “Puma King” butsasida o‘tkazgan. Aynan shu butsani 1970 yilda Pele ayyorona uslubda reklama qilgani hali-hamon tillarda doston. JCh finali o‘yinida Pele bahs boshlanishiga 4-5 soniya qolgan bir paytda hakamdan o‘yinni boshlamay turishini iltimos qiladi va butun dunyo ko‘z o‘ngida oyoq kiyimlarini bog‘ichini bog‘laydi.
Marketologlarning aytishicha, bu insoniyat tarixidagi eng ta’sir doirasi katta bo‘lgan reklama sifatida tarixda abadiy qoladi.
Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev tarjimasi
Fikrlar