Neyt Diaz: "Konor Makgregor bilan trilogiyaga tayyorman"

  • 31 avgust, 09:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

40 yoshli taniqli MMA ustasi Neyt Diaz ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi uchinchi marta oktagonga chiqishga tayyor.

Tecno

“Hozir muxlislar Makgregor bilan trilogiyamni istayapti. Men, albatta, bunga tayyorman. Ayniqsa, Oq uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida ishtirok etishni xohlardim. Biroq har doim ham bizning istaklarimiz amalga oshavermaydi, hammasini vaqt ko‘rsatadi”, — dedi amerikalik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin UFC rahbari Dana Uayt Oq Uyda turnir o‘tkazilishini tasdiqlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!