
Neyt Dias promoushen ochmoqchi
UFC jangchisi Neyt Dias promouterlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Bu haqda uning jamoasi vakili ma’lum qildi.
Neyt boks, MMA va jui-jitsu usullarini o‘z ichiga oluvchi "Real Fight" deb nomlangan tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza qoldirgan.
"Yangi promoushen uning jangchilik maqomida ta’sir ko‘rsatmaydi, u har tomonlama faol bo‘lishni niyat qilgan. "Real Fight" bu 20 yildan ortiq vaqt davomida shug‘ullanilgan sportning biznes tomon kengayishidir. Biz butun dunyodan jangchilarni jalb qilishni istaganmiz.
Ular kelajagi porloq iste’dodlar va mashhur jangchilar bo‘lishi mumkin",-dedi u.
Ma’lumot uchun, Dias 11 sentyabr kuni UFC 279 turniri doirasida Hamzat Chimaevga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar