Neymarning transferi “sindi”

  • 20 oktabr, 2022, 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tish imkoniga ega bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Tecno

Diario Sport va El País nashrlarining ta’kidlashicha, “Pari Sen-Jermen” rahbariyati Kilian Mbappening talabiga ko‘ra, Neymarni boshqa klublarga sotishga harakat qilgan.

Xususan, 30 yoshli hujumchining o‘ziga “Chelsi”dan tushgan taklif ma’qul kelgan. Biroq, ikki klub oldi-berdi masalasida o‘zaro kelisha olmagani bu transferni barbod qilgan.

Jahonning eng badavlat klubiga aylangan “Nyukasl” ham Neymarga qiziqish bildirgan edi. Lekin futbolchining talablari bu klub rahbariyatiga og‘irlik qilgani bois, “qarg‘alar” o‘z taklifini qaytarib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!