Neymarning bu qilig‘i provokatsiya

  • 1 iyun, 2023, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati jarohatini davolatayotgan Neymar jamoa bilan chempionlik uchrashuviga bormaganiga keskin norozilik bildirdi.

Tecno

L'Equipe nashrini yozishicha, braziliyalik yulduz Frantsiya chempionati doirasida “Strasbur” bilan uchrashuvga bormagan. Aynan mana shu bahsda qo‘lga kiritilgan bir ochko parijliklarga chempionlikni keltirdi.

Neymar jamoadan ajralib, Monako mezbonlik qilgan “Formula-1” bo‘yicha ko‘rgazmali tadbirga borishni ma’qul ko‘rgan.

Manbaning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari Neymarning bu qilig‘ini provokatsiya sifatida baholamoqda.

2017 yildan beri PSJ tarkibida to‘p tepayotgan futbolchi matbuot tanqidlari va fanatlar e’tirozlari tufayli bosimga duch kelmoqda va yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!