Neymar yana jarohat tufayli safdan chiqdi

  • 20 sentabr, 12:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Santos" jamoasi hujumchisi Neymar yangi jarohat tufayli davolanishga majbur bo‘ldi. Bu haqda insayder Lukas Musetti ma’lum qildi.

Tecno

Jurnalistning xabariga ko‘ra, 33 yoshli mashhur futbolchi jarohat sababli taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi. Avvalroq xabar qilinganidek, Neymar jamoa mashg‘uloti paytida o‘ng sonidan shikast olgan edi.

Tajribali hujumchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi joriy yil yakunida tugaydi. Braziliya chempionatining hozirgi mavsumida Neymar 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!