Neymar Qatardagi jahon chempionati haqida gapirdi

  • 24 iyul, 2022, 14:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar 2022/23 yilgi mavsumga tayyorgarlik haqida gapirib, JCh-2022da muvaffaqiyatli ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

Tecno

“Bizni qiyin mavsum kutmoqda. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Tarkib kuchaytirilmoqda. Albatta, bu bizni xursand qiladi. Asosiy vazifa — 31 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan "Nant"ga qarshi Frantsiya Superkubogi doirasidagi o‘yinda g‘alaba qozonish. Men o‘zimga Qatardagi jahon chempionatiga yaxshi formada borish vazifasi qo‘yganman”, — deya Neymarning so‘zlarini keltiradi “Sky Sports” nashri.

Braziliya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan birga G guruhida ishtirok etadi.

Turnir 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!