Neymar PSJda qoladimi? Barchasi aniq bo‘ldi (video)

  • 8 may, 2021, 18:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli yulduzi Neymar PSJ bilan amaldagi shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi yangi kelishuv bo‘yicha yiliga 30 mln evro maosh oladi. 29 yoshli futbolchi parijliklar safida 2017 yildan beri harakat qilib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u o‘z hisobiga 85 ta gol hamda 51 ta golli uzatmasi yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Uning bu mavsumdasi statistikasi 27 o‘yinda 15 gol va 10 assistni tashkil etadi. Avvalroq, unga "Barselona", "Manchester Siti" kabi jamoalardan takliflar borligi aytilayotgandi.

Neymar joriy mavsum klubi bilan EChL yarim finaliga qadar etib keldi. Frantsiya chempionatida esa, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!