
Neymar: "Mening eng katta orzum..."
PSJ va Braziliya terma jamoasi yulduz hujumchisi Neymar o‘zining futboldagi orzusi haqida gapirdi.
"Mening katta orzum bor – jahon chempionatida g‘alaba qozonish. Bu mag‘lubiyat biz uchun juda alamli bo‘ldi. Lekin bu futbol. Mana shu hikoyalar uchun biz ushbu sportni yaxshi ko‘ramiz", - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi "Infobae" nashri.
Eslatib o‘tamiz, "JCh-2022"da "pentakampeonlar" chorak finalda Xorvatiyaga 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Neymar gol urdi, ammo xorvatlar iroda namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Final hushtagi yangraganidan keyin Neymar ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
Fikrlar