Neymar liga rahbariyatiga shikoyat bilan chiqdi

  • 13 fevral, 20:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar "Santos"ning mag‘lubiyatidan keyin Paulista ligasidagi to‘plar sifatidan shikoyat qildi.

Tecno

- "Penalty" ishlab chiqaruvchilariga hurmat saqlagan holda, to‘pni takomillashtirish kerak.

Bu haqda Filipe Luis ("Flamengo" murabbiyi) ham aytib o‘tgan, men ham uning fikriga qo‘shilaman. Bu to‘p haqiqatan ham yomon. Uni yana biroz yaxshilash kerak, - dedi Neymar.

Paulista ligasining 9-turida "Santos" "Korintians"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Neymar o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 68 daqiqa davomida gol ura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!