
Neymar jamoa tanladi. Agent transfer bo‘yicha ish boshladi.
PSJ yozda Neymar bilan xayrlashmoqchi. Braziliyalik futbolchining o‘zi ham nihoyat klubdan ketishga qaror qildi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Neymarning agenti Pini Zaxavi transfer bo‘yicha ish boshladi. U mijozini “Chelsi”ga joylamoqchi.
“Aristokratlar” prezidenti Todd Byoli mashhur futbochilarni olib kelishga qiziqadi. Neymar anchadan beri uning ro‘yxatida turibdi.
Ayni paytda 31 yoshli futbolchi jarohatini davolatmoqda. U kelasi mavsumgacha maydonga qayta olmaydi.
Fikrlar