Neymar jahon chempionatiga bormaydimi?

  • 14 oktabr, 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirlarini 2026 yilgi jahon chempionatiga puxta tayyorlashga va musobaqada muvaffaqiyat qozonishga tayyorlamoqda.

Tecno

Ko‘pchilikni italiyalik mutaxassis Neymarni milliy terma jamoaga jalb etmayotgani qiziqtiryapti. Karlo Anchelotti bu masalaga oydinlik kiritdi.

- Neymar formada bo‘lsa, uning darajasi dunyoning har qanday terma jamoasi va klubida o‘ynash imkonini beradi. Mart oyidagi yig‘inga jalb qilinadigan futbolchilar jahon chempionatiga boradigan tarkibni tashkil qilishi mumkin.

Biz ayrim o‘yinchilar jamoaga qanday moslasha olishini ko‘rishni istaymiz. G‘oyamiz ham mana shu vaziyatdan kelib chiqib, tarkib shakllantirishga asoslanadi, - dedi Karlo Anchelotti.  

Ta’kidlash joizki, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini qabul qilib olganidan beri 33 yoshli Neymarni yig‘inlarga jalb qilgani yo‘q. Tajribali mutaxassis hujumchi chaqiruv olishi uchun sport formasini tiklab olishi shartligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!