
Neymar faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qildi
Lionel Messi ortidan Neymar ham PSJni tark etadigan bo‘lyapti. Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, braziliyalik yulduz Parijdan ketishga qaror qilgan.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Neymarga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Nyukasl” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilyapti.
Bu jamoalarning vakillari transfer masalasini muhokama qilish uchun futbolchining agentlariga aloqaga chiqqani aytilmoqda.
Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Parijliklar ham katta maosh olayotgan futbolchidan tezroq qutilmoqchi. Uning transferini 70 million evroga uddalash mumkin.
Fikrlar