Neymar eng zo‘r futbolchi “Real”da o‘ynayotganini aytdi

  • 29 may, 2022, 13:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar  “Real”dagi hamkasbi va hamyurti Vinisius Juniorni yilning eng yaxshi futbolchisi, ekanini ta’kidladi.

Tecno

- Men Vinisiusni yilning eng zo‘r futbolchisi, deb hisoblayman. U mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi.

Karim Benzema ham undan qolishmadi. To‘g‘risini aytganda men mavsum davomida ko‘p ham futbol tomosha qilmadim. Lekin ko‘rganlarim orasida Vinisius eng zo‘ri bo‘lganini bilib oldim, - dedi Neymar.

Parijda o‘tkazilgan Chempionlar ligasi finalida aynan Vinisius Juniorning “Liverpul” darvozasi tomon yo‘llangan yagona aniq zarbasi madridliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!