Neymar "Al-Hilol"dan ketadimi? Futbolchining agenti javob berdi

  • 18 noyabr, 2024, 17:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Al-Hilol" hujumchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi futbolchining kelajagi mavzusida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

- Neymarning "Al-Hilol"ni tark etishi bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Uning shartnomasi bor va jamoada juda baxtli.

Neymarning otasi va men uning kelajagi haqida gapira oladigan yagona insonlarmiz. So‘nggi mish-mishlarning qaerdan paydo bo‘lganini bilmayman, - dedi Pini.

Ma’lumot uchun, yaqinda uzoq muddatli tanaffusdan keyin maydonga qaytgan Neymar "Istiqlol"ga qarshi bahsda yana jarohat oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!