
Nevill: "Yamal — bu yoshda bunchalik ta’sir ko‘rsatgan futbolchini men eslay olmayman"
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Lamin Yamalning o‘yinga qo‘shgan ta’siri haqida yuqori fikr bildirdi.
"Menimcha, Yamal oxirgi 30, 40, 50 yil ichida ko‘rilgan eng yaxshi yosh futbolchi bo‘lishi mumkin. U o‘tgan yili Ispaniya bilan Evroni yutdi, bu yil esa nima qilayotganini ko‘ryapsiz. 17 yoshida “Barselona” safida 100 ta o‘yin o‘tkazdi.
100 ta o‘yin, Evropa chempionatida 16 yoshida o‘ynagan, sovrin yutib olgan. Shu yoshda bunchalik ta’sir ko‘rsatgan futbolchini men eslay olmayman. Oxirgi 30–40 yilda shunday darajadagi iste’dod ko‘rganim yo‘q" – dedi Nevill "Stick to Football" podkastida.
Fikrlar