"Neftchi"ning 4881 abonementi sotib bo‘lindi

  • 8 mart, 14:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, "Neftchi" jamoasi futbol muxlislarini stadionga keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi, shu jumladan, abonement sotuvini joriy qilganligi va ushbu abonementlar sotuvi boshlanganligi xaqida ma’lumot bergan edi.

Jamoaning Superliga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari uchun mavsumiy abonementlar jami 7445 dona chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda ularning 4881 tasi sotildi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechishi kutilayotgan yangi mavsum uchun abonementlarni faqat stadionning maxsus kassalari va Marg‘ilon shahridagi kassalarda belgilangan narxlarda sotib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun "yo‘lbarslar" yangi mavsumdagi birinchi uy uchrashuvini 14 mart soat 19:30da  Qo‘qonning "Qo‘qon 1912" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!