
"Neftchi" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvida penalti bormidi? O‘FA Hakamlar bo‘limi vaziyatga aniqlik kiritdi (video)
O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan "Neftchi" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvining 86-daqiqasidagi vaziyat O‘FA Hakamlar bo‘limi mutaxassislari va boshqa ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqildi.
VAR tomonidan "Qo‘qon-1912" darvozasi tomon penalti belgilangan mazkur vaziyatda himoyachi tashabbusi bilan yaqqol kontakt bor deb topildi. Qo‘qonliklar himoyachisi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgani sabab uning chap tizzasi hujumchining o‘ng oyog‘iga tekkan. O‘yin qoidalariga muvofiq bunday vaziyat qoidabuzarlik hisoblanadi va penalti to‘g‘ri belgilandi degan xulosa chiqarildi.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar