
“Neftchi” yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
“Neftchi” Shohrux Yoqubjonov bilan shartnomani uzaytirdi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
Xabaringiz bor, Shohrux "Neftchi"ning yosh va iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, klub mutasaddilari o‘yinchini jamoada olib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yoqubjonov klub bilan amaldagi shartnomasi ikki yil muddatga uzaytirdi.
Bundan tashqari, “yo‘lbarslar” yangi mavsum boshlanishidan avval bir qator futbolchilar va murabbiylar bilan do‘stona xayrlashganini e’lon qilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Superliga jamoasi 49 kunlik Antalyadagi yig‘inni yakunlab, qolgan mashg‘ulotlarni O‘zbekistonda davom ettiradi.
Fikrlar