
"Neftchi" va "Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvida bellashdilar
FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga keldi. Shundan foydalangan holda “Neftchi” va “Andijon” jamoalari Farg‘onada o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdilar.
Qiziqarli va hujumlarga boy o‘tgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab “Andijon” hujumchisi Rustam Turdimurodov o‘yinning 5-daqiqasida boshi bilan Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda esa “Neftchi”dan Anvar G‘ofurov va Sanjar Qodirqulov gol muallifiga aylandilar.
“Neftchi” tarkibi: Sanjar Quvvatov, Xurshid Muxtorov, Muxsin Ubaydullaev, Jaloliddin Jumaboev, Mirzohid G‘ofurov, Abbos G‘ulomov, Diyor Turopov, G‘ulomhaylar G‘ulomov, Sanjar Qodirqulov, Mixay Roman, Bilolhon Toshmirzaev.
Zaxiradagilar: Asror Kenjaev, Boyan Tsiger, Ketelin Karp, Doniyor Valiev, Nodir Axmadjonov, Javoxir Qaxramonov, Bexruz Oblakulov, Muxammadali Xolmatov, Fahriddin Muxammadov
“Andijon” tarkibi: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Marlen Chobanov, Sardor Azimov, Farhod Bekmuratov, Levan Arveladze, Sunnatilla Abdullajonov, Armin Boshnyak, Suhrob Berdiev, Rustam Turdimurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdurahmon Komilov, Izzatilla Abdurasulov, Luka Zgurskiy, Hamidillo Karimov, Saidmurod Karimov, Asad Habibullaev, Demir Imeri, Bektemir Abdumannonov.
Fikrlar